09:09 23 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
116920

Tergov qoʻmitasi rahbarining oʻrinbosari Rostislav Rassoxov qonundigi oʻgʻri Vyacheslav Ivankov (Yaponchik) oʻldirilishining sabablarini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 9 dek — Sputnik. Tergov qoʻmitasi rahbarining oʻrinbosari Rostislav Rassoxov qonundigi oʻgʻri Vyacheslav Ivankov (Yaponchik) oʻldirilishining sabablarini maʼlum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

"Ivankovning oʻldirilishining asosiy sababi - jinoyat tashkilotchisi, qonundagi oʻgʻri Ilya Simoniy (Maxo)ning shaxsiy adovati boʻlgan", - dedi u.

Rassoxovning soʻzlariga koʻra, 1980-yillarda jinoyat olamidagi avtoritetlari Irkutsk viloyatidagi koloniyalarda jazo oʻtayotgan vaqtda oʻrtasida ziddiyatlar boshlangandi.

Tergov qoʻmitasi rahbarining oʻrinbosariga koʻra, texnik vositalar nomukammal boʻlgani sababli qotillikni “issiq izlar” boʻyicha fosh etish imkon boʻlmadi. Keyinchalik, zamonaviy sud-tibbiyot vositalari va molekulyar genetika imkoniyatlari tufayli gumonlanuvchilar aniqlandi.

2009 yil iyun oyi oxirida Ivankov Moskvadagi “Tailand fili” restoranidan chiqayotgan vaqtda snayper tomonidan ogʻir yaralangan edi. Bir necha oy oʻtgach, jinoyi avtoritet vafot etdi.

2020 yil fevral oyida sud bu ishda ayblanuvchilardan biri - Murtaz Shadaniyani hibsga olish haqida qaror chiqardi (tergovga koʻra, u Ivankovni kuzatib yurgan), aprel oyida esa Ilya Simoniya qotillikning tashkilotchisi sifatida sirtdan hibsga olib, xalqaro qidiruvga berilgan.

May oyida Jambul Janashiyani hibsga olindi, u tergovga koʻra, qotillik sodir etilgan kuni qotillik sodir boʻlgan joyda jinoyatchilar va tashkilotchilar oʻrtasidagi aloqani taʼminlagan.

Qotillikda yana bir sherik - bu bir necha bor sudlangan Kaxa Gazzayev. 2017 yildan beri u boshqa jinoyati uchun jazoni oʻtamoqda.

Teglar:
Rossiya, jinoyatchilik

Asosiy mavzular