TOSHKENT, 9 dek — Sputnik. Rossiyaning Yevropa bilan chegaralari katta ehtimol bilan avgust-sentyabr oylariga qadar yopiq boʻladi, dedi jurnalistlarga Rossiya sayyohlik sanoati ittifoqi prezidenti Andrey Ignatyev. RIA Novosti.
"Oʻylaymizki, chet ellik sheriklar bilan boʻlgan suhbatlardan kelib chiqib, Yevropa bilan chegaralar avgust-sentyabr oylariga qadar yopiq boʻladi. Ularning hukumatlari Yevropaning Rossiya bilan chegaralarini yozgi mavsumdan keyin ochish mumkin degan fikrda. Bu optimistik stsenariy", - dedi u.
Ignatyev taʼkidlashicha, pandemiya tufayli Rossiyada chet elliklar bilan ishlagan turoperatorlar ziyon koʻrdi. Unga koʻra, bu yil ular deyarli barcha mijozlarini, 95-97 foizini yoʻqotdilar.
Eslatib oʻtamiz, mart oyi oxirida koronavirus tahdidi tufayli Rossiya xalqaro reyslarni yopgandi. Faqat mamlakat fuqarolarini olib ketish parvozi amalga oshirildi. Avgust oyining boshidan parvozlar asta-sekin tiklana boshladi. Xususan, Turkiya, Buyuk Britaniya, Shveytsariya, Misr, Birlashgan Arab Amirliklari, Janubiy Koreya va Yaponiya bilan avia-qatnov qayta yoʻlga qoʻyildi.