Turkiya Rossiya vaksinasini sotib olmasligini ma’lum qildi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishVaksini protiv COVID-19 "Sputnik V"
Vaksini protiv COVID-19 Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasini sotib olmaydi, chunki u lozim bo‘lgan laboratoriya amaliyotiga mos kelmaydi - Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri.

TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Turkiya Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasini sotib olmaydi, chunki u lozim bo‘lgan laboratoriya amaliyotiga mos kelmaydi, dedi respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Fahrettin Koja. RIA Novosti xabariga asosan.

"Muammo shundaki, Rossiya vaksinasi GLPga (lozim bo‘lgan laboratoriya amaliyoti) mos kelmaydi, shuning uchun u bizning e’tiborimizdan chetda qoldi", - deya vazir so‘zlarini keltirdi Haberturk nashri.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu holat yuzasidan munosabat bildirdi.

“Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasini sinovdan o‘tkazish natijalari uning samaradorligi va ishonchliligini ko‘rsatdi, u albatta pandemiyaga qarshi kurashda muhim rol o‘ynaydi”, - deb aytdi Peskov.

Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jamg‘armasidagi manba RIA Novostiga ma’lum qilishicha, Turkiya bilan “Sputnik V” vaksinasi bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0