18:12 24 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
271 0 0

Soʻnggi 10 yil ichida ilk bor Rossiya harbiy-dengiz kuchlari kemalari NATO davlatlari, shu jumladan AQSH va Buyuk Britaniya bilan birgalikda mashq oʻtkazadi.

TOSHKENT, 10 dek — Sputnik. Soʻnggi 10 yil ichida ilk bor Rossiya harbiy-dengiz kuchlari kemalari NATO davlatlari, shu jumladan AQSH va Buyuk Britaniya bilan birgalikda mashq oʻtkazadi, manevrlar fevral oyida Pokiston sohillari yaqinida oʻtkaziladi.

AMAN-2021 mashqlarida Pokiston dengiz floti va Rossiya dengiz floti kemalaridan tashqari AQSH HDK, Buyuk Britaniya, Xitoy Xalq Respublikasi, Yaponiya, Turkiya, Filippin, Malayziya, Shri-Lanka va Indoneziya harbiy dengiz kuchlari ishtirok etadi.

Mashqlar 2021 yil fevral oyida Karachining akvatoriyasida oʻtkaziladi. Rossiya harbiy-dengiz kuchlaridan fregat, patrul kemasi, qutqaruv kemasi, harbiy dengizlar boʻlinmasi, minalardan tozalash guruhi va vertolyot qatnashadi.

Rossiya HDK kemalari soʻnggi marta Shimoliy Atlantika alyansi kemalari bilan birgalikda 2011 yilda Ispaniya sohillari yaqinida "Bold Monarx" mashqini oʻtkazishgandi.

 

Asosiy mavzular