10:12 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Dunyoda
Havola olish
140 0 0

Kuni kecha “Habertürk” telekanali Turkiya SSV rahbarining soʻzlariga tayangan holda Anqara Rossiya vaktsinasini sotib olmasligini xabar qilgan edi.

TOSHKENT, 10 dek — Sputnik. Turkiya SSV RIA Novostiga idora rahbari Faxrittin Kojaning mamlakat koronavirusga qarshi Rossiya vaktsinasidan voz kechganligi xususidagi bayonotini rad etdi.

Kuni kecha “Habertürk” telekanali Koja soʻzlariga tayangan holda Anqara vaktsinani sotib olmasligini xabar qilgan edi. Goʻyoki u tegishli laboratoriya amaliyotiga muvofiq kelmaydi.

“Baʼzan anglashilmovchiliklar roʻy beradi. Rossiya vaktsinasi yuzasidan vazirning soʻnggi bayonotini eʼtiborga oling”, - dedi agentlik Turkiya SSV matbuot xizmatidagi suhbatdoshi.

Turkiya vazirining oʻzi ham xarid qilishdan voz kechilganini tasdiqlamadi.

“Rossiya vaktsinasi borasida. Maʼlumki, u toksikologiyaga oid tegishli laboratoriya amaliyotidan oʻtishi lozim. Biz bu ishni mamlakatimizda boshlayapmiz. Hammasi muvaffaqiyatli oʻtsa, muammo boʻlmasligini ayta olaman”, - dedi Koja.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Turkiyada 925 342 kishi yangi koronavirus bilan kasallangan. Shulardan 445 mingga yaqini tuzalib ketgan. 15 mingdan ziyod bemor virus qurboniga aylangan.

Teglar:
emlash, Sputnik V, vaktsina, koronavirus, Rossiya, Turkiya

Asosiy mavzular