17:20 24 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
606 0 0

Marine Traffic” kemalarni kuzatish tizimi maʼlumotlariga koʻra, “Fortuna” kemasi gaz quvuri tomon yoʻl oldi va Tsingst yarim oroli yaqinida ochiq dengizda toʻxtadi.

TOSHKENT, 10 dek — Sputnik. “Shimoliy oqim-2”ni qurib bitkazishda foydalanish mumkin boʻlgan “Fortuna” kemasi gaz quvuri tomon yoʻl oldi va Tsingst yarim oroli yaqinida ochiq dengizda toʻxtadi. Bundan “Marine Traffic” kemalarni kuzatish tizimi maʼlumotlari darak bermoqda.

5 dekabr kuni kema Vismar nemis bandargohini tark etib, Rostok tomon yoʻl olgandi. Ammo keyinroq oʻsha kuni u Vismar yaqinidagi ochiq dengizda toʻxtagandi. 9 dekabr kuni “Fortuna” yana yoʻlga tushdi.

Shu bilan birga, Germaniyaning kemachilik va gidrografiya idorasi (BSH) 5 dekabr kuni “Fortuna” 31 dekabrga qadar Boltiq dengizining janubiy qismida, Adlergrund va Oder sayozligi oʻrtasidagi hududda ish oltib borishini maʼlum qilgan edi.

Umumiy quvvati 55 milliard metr kub boʻlgan “Shimoliy oqim-2” loyihasi ikki gaz quvuridan iborat boʻlib, Rossiya qirgʻoqlaridan Boltiq dengizi orqali Germaniyagacha quvur orqali gaz yetkazib yeripshni nazarda tutadi. Yevropaning barcha davlatlari uchun kerak boʻlgan ushbu loyihaga AQSH, Ukraina va yana bir necha davlatlar qarshi chiqishmoqda. AQSH qarshi boʻlishiga sabab – ular Yevropaga oʻzlarining suyultirilgan gazini sotishni istaydi. Ukraina esa oʻz hududi orqali gaz tranzitidan olinadigan daromadlardan mahrum boʻlishdan qoʻrqadi.

Polsha "Shimoliy oqim-2" tufayli Gazpromni 7,6 milliard dollarga jarimaga tortdi

2019 yil oxirida gaz quvurini qurib bitkazishga bir necha kilometr qolganda AQSH loyihaga qarshi sanktsiyalar kiritdi va qurilishni toʻxtatishni talab qildi. Shveytsariyaning quvur yotqizuvchi kemasi Allseas shundan soʻng oʻz ishini toʻxtatishga majbur boʻlgan edi.

Mavzu boʻyicha

“Shimoliy oqim – 2” uchun hal qiluvchi jang boshlandi
Harbiy dengiz floti "Shimoliy oqim-2"ni qurayotgan kemalarni oʻz himoyasiga oldi
AQShga demarsh: Yevropa “Shimoliy oqim-2” tufayli norozilik bildirdi
Yevropaning 24 ta davlati “Shimoliy oqim-2”ga qarshi AQSH sanktsiyalariga eʼtiroz bildirdi
AQSH nima uchun "Shimoliy oqim-2"ga toʻsqinlik qilmoqda - video
"Novichok" "Shimoliy oqim — 2" taqdirini hal eta oladimi?
Merkel AQShning “Shimoliy oqim-2”ga qarshi sanktsiyalarini noqonuniy deb hisoblaydi
Baydendan “Shimoliy oqim-2” borasida nimalarni kutish mumkin?
Teglar:
Shimoliy oqim-2

Asosiy mavzular