11:19 16 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Dunyoda
Havola olish
42410

Rossiya TIV rahbari Gʻarb Rossiyani boshqa davlatlar ishlariga aralashishda ayblash uchun yana koʻplab bahonalar oʻylab topishi mumkin deb hisoblaydi.

TOSHKENT, 10 dek — Sputnik. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Gʻarb Rossiyani boshqa davlatlar ishlariga aralashishda ayblash uchun yana koʻplab bahonalar oʻylab topishi mumkin deb hisoblaydi.

“Soʻnggi paytlarda bizni u yerlarda faqat Gʻarbga qarshi geosiyosiy pozitsiyalarimizni mustahkamlash uchun, u yerda Gʻarb oʻz mavqeini mustahkamlamasligi uchun goʻyoki Turkiya bilan bu mintaqani boʻlib olish toʻgʻrisida kelishib olib, Belarusda aralashayotganimiz, Togʻli Qorabogʻda aralashganlikda ayblashmoqda. Hozir Yevropa va AQShda hukmronlik qilayotgan tahlilchilarning mantigʻi va psixologiyasi mana shunaqa”, - dedi Lavrov RT telekanaliga bergan intervyusida.

Uning soʻzlariga koʻra, Moskva voqealarning har qanday tarafga burilishiga tayyor.

“Kuni kecha oʻqib qoldim, AQSH Kongressi shunchaki bunday Ittifoq davlat borligi, u Belarus Respublikasida navbatdagi “rangli inqilobni” uyushtirishni istamoqchi boʻlganlarga yoqmaganligi uchun Rossiya va Belarus Ittifoq davlatiga qarshi sanktsiyalarni ilgari suryapti”. Shunday ekan yana ancha bahonalar boʻladi, bunga ishonchim komil. Gʻarb ularni nafaqat izlash, balki yoʻq joydan oʻylab topishni uddalay oladi. Gʻarblik hamkasblarimiz mukammalligining chegarasi yoʻq”, - dedi Rossiya TIV rahbari.

Teglar:
Gʻarb, Rossiya, Lavrov

Asosiy mavzular