23:22 15 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Dunyoda
Havola olish
660 0 0

Bugun Ozarbayjonda Togʻli Qorabogʻdagi urush gʻalabasiga bagʻishlangan harbiy parad boʻlib oʻtmoqda. Armanistonda esa hukumat binosi oldida norozilik namoyishi boʻlib oʻtmoqda.

TOSHKENT, 10 dek — Sputnik. Ozarbayjon poytaxti Boku Togʻli Qorabogʻdagi ikkinchi urushdagi gʻalabaga bagʻishlangan harbiy parad boʻlib oʻtmoqda, deb yozadi Sputnik Ozarbayjon nashri.

Paradda mamlakat prezidenti Ilhom Aliyev va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻan ishtirok etmoqda.

Paradda uch mingdan ziyod harbiylar, 150 donagacha harbiy texnika namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Armaniston poytaxti Yerevanda esa hukumat binosi oldida norozilik namoyishi boʻlib oʻtmoqda, deb yozadi Sputnik Armaniston nashri. Namoyishchilar bosh vazir Nikol Pashinyanning isteʼfosini talab qilishmoqda. Namoyish huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan toʻqnashuvga aylanib ketgan.

Soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda, Yerevandagi bugungi mitingda 42 nafar norozilik namoyishi ishtirokchisi qoʻlga olingan.

Eslatib oʻtamiz, sentyabr oyida oxirida yana boshlangan Togʻli Qorabogʻ mojarosi Rossiya, Ozarbayjon va Armanistonning uch tomonlama kelishuviga asosan 10 noyabrda toʻxtatilgan edi. Shundan soʻng hududga Rossiya tinchlikparvar kuchlari kiritilgan va kelishilgan holda Agdam, Kelbajar va Lochin hududlari Ozarbayjon ixtiyoriga berilgan edi. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Qorabogʻ boʻyicha bitim oʻzi uchun juda ogʻir qaror boʻlganini aytdi, lekin boshqa chora boʻlmaganini taʼkidladi. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev kelishuv imzolanishini Armanistonning taslim boʻlish deb atadi.

Teglar:
parad, Armaniston, Ozarbayjon

Asosiy mavzular