06:28 21 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
90711

Rossiyaning Rostov viloyatida flora tarkibi sezilarli darajada oʻzgarmoqda. Iqlim oʻzgarishi va boshqa hududdan koʻchib oʻtishi hisobiga qorakurt yoki “qora beva” deb ataladigan oʻrgimchaklarning yashash hududlari kengaymoqda.

TOSHKENT, 11 dek — Sputnik. Rossiyaning Rostov viloyatida flora tarkibi sezilarli darajada oʻzgarmoqda. Iqlim oʻzgarishi va boshqa hududdan koʻchib oʻtishi hisobiga qorakurt yoki “qora beva” deb ataladigan oʻrgimchaklarning yashash hududlari kengaymoqda. Bu haqda AiF nashri Rossiya Fanlar akademiyasining Janubiy ilmiy markazi mutaxassislari taqdim etgan maʼlumotlariga asosan xabar qildi.

Pauk-karakurt
© CC0 / K. Korlevic / Latrodectus tredecimguttatus female

Uning tarqalishiga inson faoliyati ham oʻz hissasini qoʻshmoqda: biologiya fanlari nomzodi Valeriya Staxevaga koʻra, bu oʻta xavfli oʻrgimchaklar axlatxonalarda uchraydi, chunki u yerda ularga yem boʻladigan koʻplab hasharotlar boʻladi. Odatda, oʻrgimchak odamga hujum qilmaydi, lekin u qoʻrqib ketsa, odamni chaqishi mumkin.

Qoraqurt yoki “qora beva” oʻrgimchagi asosan Markaziy Osiyo choʻllarida, Oʻrta-yer dengizi va Shimoliy Afrikada  uchraydi. Koʻrinishidan qop-qora oʻrgimchakka oʻxshaydi, qorin qismida qizil dogʻlari boʻladi. Har 12 yoki 25 yilda ommaviy koʻpayish holatlari uchraydi. Qoraqurt chaqishidan uy hayvonlariga juda katta zarar keltirishi mumkin.   

Biologlar, shuningdek, boshqa jonzotlar - ilonlar, kemiruvchilar va qushlarning Rossiya hududiga koʻchib oʻtishi haqida maʼlum qilishdi.

Asosiy mavzular