10:22 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1347)
177 0 0

Yangi kasallik deyarli butun dunyoni qamrab oldi. Eng koʻp holatlar AQSH, Hindiston va Braziliyada qayd etilgan

TOSHKENT, 12 dek - Sputnik. Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 70 milliondan oshdi, deb xabar bermoqda federal hukumat, shuningdek, OAV hamda boshqa ochiq manbalardan maʼlumotlarni toʻplovchi amerikaning Jon Xopkins universiteti.

Universitet maʼlumotlariga koʻra, 12 dekabr holatiga koʻra, dunyoda koronavirus infektsiyasiga chalingan insonlar soni 70 131 911 kishiga yetgan. Ulardan 1,5 milliondan ortigʻi vafot etgan. 45 milliondan koʻprogʻi sogʻaygan.

Oʻzbekistonda infektsiyaga chalinganlar soni 74 664 nafarni tashkil qilmoqda. Bemorlarning 71 921 (97%i) sogʻaygan.

Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirus infektsiyasi tarqalishini pandemiya, deb eʼlon qilgan edi.

Yangi kasallik deyarli butun dunyoni qamrab oldi. Eng koʻp holatlar AQSH (15,8 mln dan ortiq), Hindiston (9,7 mln dan ortiq) va Braziliyada (6,7 mln dan ortiq) qayd etilgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1347)

Asosiy mavzular