06:33 21 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
Afgʻoniston: 30 yil tinchlik ilinjida (59)
786 0 0

AQSH qurolli kuchlari Qandahon provintsiyasida afgʻon mudofaa va xavfsizlik milliy kuchlari nazorat-oʻtkazish punktiga hujum uyushtirgan "Tolibon"ning qurollangan jangarilari boʻylab zarba berdi

TOSHKENT, 12 dek - Sputnik. AQSH KPPdagi Afgʻoniston hukumat kuchlariga jangarilar hujumidan soʻng Qandahor provintsiyasida "Tolibon" radikal harakati aʼzolari boʻylab jangovar aviatsiya yordamida zarba berdi. Bu haqda AQSH Qurolli kuchlarining Afgʻonistondagi vakili polkovnik Sonni Leggett maʼlum qildi.

"AQSH QK 10 dekabr kuni Qandahon provintsiyasi Jari uyezdida afgʻon mudofaa va xavfsizlik milliy kuchlari (ANDSF) nazorat-oʻtkazish punktiga hujum uyushtirgan "Tolibon"ning qurollangan jangarilari boʻylab zarba berdi", – deyiladi xabarda.

AQSH harbiy kuchlari vakilining soʻzlariga koʻra, zarba AQSH va Tolibon oʻrtasida tuzilgan kelishuvga muvofiq afgʻon harbiylarini himoya qilishga qaratilgan.

Afgʻon qozoni qaynamoqda: Amerikaliklar ketmoqda, "Tolibon" qurollanmoqda >>>

U shuningdek, toliblarning avia zarba natijasida aholi orasida qurbonlar boʻlgani toʻgʻrisidagi bayonotini rad etdi.

Joriy yil fevral oyi oxirida AQSH va Afgʻonistonning "Tolibon" radikal harakati vakillari oʻrtasida 18 yil deganda birinchi marta tinchlik bitimini imzolashdi. Hujjat Afgʻonistondan 14 oy ichida chet el qoʻshinlari olib chiqilishini va asirlar bilan almashinuvdan soʻng afgʻonlararo muloqot boshlanishini koʻzda tutadi.

Mavzu:
Afgʻoniston: 30 yil tinchlik ilinjida (59)

Asosiy mavzular