Eronda bloger osib o‘ldirildi, rasmiy Berlin buni keskin qoraladi

© REUTERS / TIMA AGENCYIranskie politseyskie stoyat vozle zdaniya parlamenta v Tegerane
Iranskie politseyskie stoyat vozle zdaniya parlamenta v Tegerane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Assoshieyted Press nashri xabariga ko‘ra, Zam Parijda qochqin sifatida yashagan, ammo u qay tarzda va qayerda qo‘lga olingani borasida aniqlik kiritilmagan

TOShKENT, 12 dek - Sputnik. GFR TIV "Amad Nyuz" axborot portali rahbari Ruxolla Zammning Erondagi qatl etilishidan shokdaligi haqida bayonot berdi.

Igrok sbornoy Panami Felipe Baloy, pribivshiy s komandoy v Saransk dlya uchastiya v matchax chempionata mira po futbolu 2018 - Sputnik O‘zbekiston
O‘ldirilgan jurnalistlarning 90 %i korrupsiyaga qarshi kurashgan - YuNESKO

"Germaniya hukumati bugun Eronda bloger Ruxolla Zamning qatl etilgani haqidagi xabarni hayrat bilan qarshi oldi. Biz uning oilasi va do‘stlariga hamdardlik bildiramiz. Biz hukm chiqarilishi bilan bog‘liq holatlardan shokdamiz, ayniqsa, uning dastavval chegaradan o‘g‘irlab ketilgani holatidan", - deyiladi GFR TIV bayonotida.

Germaniya hukumatining o‘lim jazosiga nisbatan pozitsiyasi o‘zgarishsiz qoladi, deb ta’kidlangan bayonotda: bu "biz har qanday sharoitda rad qiladigan shafqatsiz va g‘ayriinsoniy jazo turidir".

"Biz Eronni o‘z fuqarolarining so‘z erkinligi huquqini hurmat qilishga, barcha siyosiy mahbuslarni ozod qilishga va yangi o‘lim hukmlarini chiqarmaslikka yoki ijro qilmaslikka chaqiramiz", - degan vazirlik.

Eron hukumati "Amad Nyuz" axborot portali rahbarini shanba kuni ertalab qatl qildi. Mehr News agentligi xabariga ko‘ra, qatl osish orqali amalga oshirilgan. Sal oldin ushbu haftada Eron hukumati "Amad Nyuz" axborot portali rahbarini o‘lim jazosiga hukm etgani haqidagi xabar tasdiqlangan edi. Bloger chet el razvedkasidan yordam olganlikda ayblangan.

Portret saudovskogo jurnalista Djamalya Xashukdji v Stambule - Sputnik O‘zbekiston
Jurnalist Xashoggining o‘limida ayblanganlar ustidan hukm chiqarildi

2019 yilning oktabri o‘rtalarida Islom inqilobi soqchilar korpusi (Eron qurolli kuchlari qismi) Zamning qo‘lga olingani haqida xabar bergan edi. Ochiq manbalarga ko‘ra, Zam 2017-yil dekabridan - 2018-yil yanvar oylarida butun Eron bo‘ylab norozilik namoyishlarini faol ravishda yoritgan.

IRNA agentligi xabariga ko‘ra, axborot portali rahbari "aksilinqilobiy faoliyat" sababli qo‘lga olingan. Xabarda, bloger faoliyatini Fransiya razvedkasi yo‘naltirib turgani va u AQSh hamda Isroil razvedka xizmatlari tomonidan ko‘mak olgani aytilgan.

Assoshieyted Press nashri xabariga ko‘ra, Zam Parijda qochqin sifatida yashagan, ammo u qay tarzda va qayerda qo‘lga olingani borasida aniqlik kiritilmagan.

Yangiliklar lentasi
0