TOSHKENT, 14 dek — Sputnik. Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya Yevropa Belarusdagi vaziyat yuzasidan faqat xavotir bildirishi, biroq haqiqatda hech narsa qila olmasligini maʼlum qildi.
“Men oddiy odam boʻlgan paytimda Yevropa shunchalik yaqin va buyuk, uning yetakchilari shunchalik kuchliki, ular biror narsa qiladi deb oʻylardi. Ular qoʻl qovushtirib oʻtira olmaydi. Endi tushunyapmanki, ular oʻz xavotiri va birdamligini bildirishlariga qaramay aslida ular hech narsa qila olishmaydi”, - dedi Tixanovskaya Amerikaning “The New Yorker” jurnaliga bergan intervyusida.
U bir necha oydan beri Minskka qarshi “iqtisodiy sanktsiyalar joriy etish” ustida ish olib borilayotgani, lekin jarayon sekin va qiyin ketayotganini taʼkidladi.
“Yevropa yetakchilari hamisha Rossiyaga qarab, ehtiyotkorlik bilan harakat qilishadi... Bu biz uchun ogʻriqli. Men minnatdor boʻlishni oʻrgatgan oilada oʻsganman. Shunday ekan bu mening xatom boʻlishi mumkin. Asta-sekinlik bilan shunday xulosaga kelyapmanki, men shunchaki xavotir toʻgʻrisidagi bayonotlardan minnatdor boʻlmasligim kerak, biz aniq xatti-harakatlarni talab qilishimiz darkor. Men oʻrganyapman, lekin juda sekin”, - dedi Tixanovskaya.
Belarusda 9 avgust kuni prezident saylovlari boʻlib oʻtdi. Mamlakat Markaziy saylov komissiyasi maʼlumotlariga koʻra, unda Aleksandr Lukashenko gʻolib boʻlgan. Oʻsha kundan boshlab respublikada norozilik namoyishlari boʻlib oʻtmoqda.