11:41 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Dunyoda
Havola olish
138 0 0

Avvalroq “Reyter” agentligi manbalariga tayangan holda xorijiy davlat hukumati tomonidan qoʻllab-quvvatlanuvchi xakerlar guruhi AQSH Moliya vazirligi va Telekommunikatsiyalar milliy boshqaruvi tizimini buzganini xabar qilgan edi.

TOSHKENT, 14 dek — Sputnik. Rossiyaning AQShdagi elchixonasi Amerika OAVlarining AQSH davlat organlariga xakerlik hujumi uyushtirishda Moskvani ayblashga urinishlarini asossiz deb atadi.

Avvalroq “Reyter” agentligi manbalariga tayangan holda xorijiy davlat hukumati tomonidan qoʻllab-quvvatlanuvchi xakerlar guruhi AQSH Moliya vazirligi va Telekommunikatsiyalar milliy boshqaruvi tizimini buzganini xabar qilgan edi. “Washington Post” gazetasining yozishicha, bunda rossiyalik xakerlar ayblanmoqda, xabarda hech qanday dalil keltirilmagan.

“Amerika OAVlarining AQSH davlat organlariga xakerlik hujumi uyushtirishda Rossiyani galdagi asossiz ayblashga urinishlariga eʼtibor qaratdik. Ishonch bilan maʼlum qilamizki: axborot maydonidagi hujumlar mamlakatimizning tashqi siyosiy tamoyillariga, uning milliy manfaatlariga va davlatlar oʻrtasida munosabatlar qanday yoʻlga qoʻyilishi haqidagi tushunchasiga ziddir. Rossiya virtual muhitda hujumkor amaliyotlarni oʻtkazmaydi”, - deyilgan Rossiya elchixonasi bayonotida.

Rossiya kiberxavfsizlik boʻyicha ikki tomonlama va koʻp tomonlama kelishuvlarni tezlashtirayotgani qoʻshimcha qilingan. Bundan tashqari, elchixona Vladimir Putinning xalqaro axborot xavfsizligi sohasida Rossiya-Amerika hamkorligini tiklashga oid kompleks chora dasturi toʻgʻrisidagi tashabbusini eslatgan.

Rossiya elchixonasi AQShda olti rossiyalikka qoʻyilgan ayblovga munosabat bildirdi

Moskvada Gʻarbning rossiyalik xakerlarning turli hujumlarga aloqadorlikdagi ayblovlarini asossiz deb atab, ularni rad etib keladi. Rossiya Gʻarbga kiberxavfsizlik boʻyicha muloqotni qayta tiklashni taklif qilgan, biroq “qatʼiy rad javobini” olgan.

Teglar:
xakerlar, AQSH, Rossiya

Asosiy mavzular