Jirinovskiy "xitoylik Gorbachov" paydo bo‘lishini bashorat qildi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishRukovoditel fraksii LDPR v Gosudarstvennoy Dume RF Vladimir Jirinovskiy vistupayet na plenarnom zasedanii Gosdumi RF.
Rukovoditel fraksii LDPR v Gosudarstvennoy Dume RF Vladimir Jirinovskiy vistupayet na plenarnom zasedanii Gosdumi RF. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh boshchiligidagi G‘arb dunyosi Xitoyni zaiflashtirish uchun "xitoylik Gorbachovni joriy qiladi" - LDPR rahbari Vladimir Jirinovskiy.

TOShKENT, 14 dek — Sputnik. AQSh boshchiligidagi G‘arb dunyosi Xitoyni zaiflashtirish uchun "xitoylik Gorbachovni joriy qiladi", dedi LDPR rahbari Vladimir Jirinovskiy partiya 32-yig‘ilishida. RIA Novosti xabariga asosan.

"Amerika va G‘arb dunyosi nima qiladi? Xitoyni zaiflashtiradi. Rossiya xohlagancha yashasin, biz esa Xitoyga zarba beramiz ... Nima qilishadi? “Xitoy Gorbachovini joriy qilishadi". Buni amalga oshirish mumkin, negaki millionlab, o‘n millionlab xitoylik xorijda tahsil olmoqda. Keyin ular qaytib kelishadi. U yerda ularni yo‘lga solish mumkin", - dedi Jirinovskiy.

Uning fikriga ko‘ra, XXRda "xitoylik Gorbachov" paydo bo‘lishi bilan kommunistik mafkura taqiqlanib, ko‘p partiyaviylik tizimga o‘tiladi.

"10-15 ta davlatga bo‘linadi, yadro quroli yo‘q qilinib, Rossiyaga qarshi ruhda yangi armiya yaratiladi. Go‘yoki, xitoyliklar qarang, sizlarga – Vladivostok va Sibirning bir qismi tegishli bo‘lgan edi", - dedi Jirinovskiy.

Yangiliklar lentasi
0