09:21 23 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
1093 0 0

SSSR sobiq prezidenti Mixail Gorbachyov ishda, jumladan, kadrlar siyosatida xatoliklarga yoʻl qoʻyganini tushunadi. Ammo omma oldida chiqishlarda bu xususda koʻp gapirishni yoqtirmaydi

TOSHKENT, 15 dek - Sputnik. Gorbachyovning yordamchisi sobiq prezidentning oʻzi tomonidan yoʻl qoʻyilgan xatoliklariga munosabati haqida gapirdi. RIA Novosti xabari asosida.

SSSR sobiq prezidenti Mixail Gorbachyov ishda, jumladan, kadrlar siyosatida ham xatoliklarga yoʻl qoʻyganini tushunadi. Ammo omma oldida chiqishlarda kadrlarga doir qarorlari xususida koʻp gapirishni yoqtirmaydi va oʻz sheriklariga nisbatan kek saqlamaydi, dedi Gorbachyov-fondi matbuot-xizmati rahbari Pavel Palajchenko.

Palajchenko 1985-1991 yillarda sovet yetakchisi tarjimoni boʻlib ishlagan.

Bu haqdagi savolgan Birinchi kanaldagi dasturlarning birida javob berar ekan, Palajchenko, Gorbachyov baʼzi oʻzi notoʻgʻri deb hisoblagan qarorlar haqida u bilan shaxsiy suhbatlarda yodga olganini aytadi.

 

"U, albatta, xatoliklar boʻlganini, jumladan, kadrlar siyosatida xatolar boʻlganini tushunadi. Uning kadrlar siyosatida yoʻl qoʻygan xatoliklari xususida qanday fikrdaligi borasida kamroq gapirishni istardim. Birinchidan, u bu haqda jamoatchilik oldida gapirgan, kerak boʻlsa, baʼzi odamlarga tavsif bergan. Ammo, ikkinchidan, bu haqda u xoʻb va koʻp gapirishni yoqtirmaydi. Baʼzi odamlar singari hech kimga nisbatan kek saqlamaydi. Baʼzi sheriklari turli vaqtlarda uni tark etgan, baʼzilari sotib ketgan. Ammo bularga qaramay u bunga ancha bosiq yondashadi", - degan Palajchenko.

Siyosiy qarorlarga keladigan boʻlsak, Gorbachyov Sovet ittifoqi detsentralizatsiyasi va islohotini ancha oldinroq amalga oshirish kerak edi, deb hisoblaydi, deya qoʻshimcha qilgan matbuot-xizmati rahbari. "U KPSSni ancha oldin isloh qilish kerak edi, deb hisoblaydi, KPSS esa oʻsha vaqtda isloh qilib boʻlmaydigan edi, demak ketish kerak edi", - degan Palajchenko.

U 1991 yilning bahorida Gorbachyov partiya plenumida isteʼfoga ketishi haqida eʼlon qilganini eslatib oʻtdi. Bu voqea, partiya markaziy organlari rahbarlari, TSK aʼzolari uning "miyasini yuvgani" va "Siz amalga oshirayotgan barcha ishlar notoʻgʻri" deb aytishganidan soʻng roʻy bergan.

"Shundan soʻng plenum, bu masalani koʻrib chiqishdan voz kechdi. Uning oldiga kelishdi, qaytishni iltimos qilishdi. Mana u - oʻshanda qaytmaslik kerak edi, deydi. Buni ham oʻz xatosi deya hisoblaydi", - dedi Palajchenko.

Shuningdek, Gorbachyov iqtisodiy siyosatni ham esga olgan. "Uning soʻzlariga koʻra, bizda pul massasi, jumladan, odamlar yengil sanoat tovarlari, undan keyin oziq-ovqat mahsulotlari uchun ulkan navbatga turganlarida ehtimol barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar qilish kerak edi. Haqiqatan ham buni amalga oshirish mumkin edi - ushbu tovarlarni sotib olib, ularni bozorga chiqarish - bu jamoatchilik oʻrtasidagi ziddiyatlarni yumshatishi mumkin edi", - deya qoʻshimcha qildi sobiq Sovet yetakchisi tarjimoni.

Gorbachev-fondi matbuot-xizmati rahbarining taʼkidlashicha, sobiq SSSR prezidenti Belovej bitimi imzolanguniga qadar, yaʼni to oxirigacha ittifoqni qandaydir boʻlsa ham shaklda saqlab qolishga uringan.

"Shunday voqealardan keyin Ittifoqni faqatgina kuch ishlatish yoʻli bilan saqlab qolish mumkin edi, ammo qanday tarzda, bunisi nomaʼlum. Bu yerda nafaqat oʻsha vaqtda mamlakatda eng mashhur siyosatchi boʻlgan Yeltsinga, balki Belovej kelishuvini tasdiqlagan sovet respublikalari oliy kengashlariga ham qarshi chiqish kerak edi", - deya aniqlik kiritadi Palajchenko.

Davlat boshida turgan siyosatchi mamlakatda yuz berayotgan har qanday holat uchun javobgarlikni olib boradi, deya tan oladi Palajchenko. Ammo bu yerda Gorbachev Sovet ittifoqini saqlab qolishga harakat qilgani, "va bu urinishlarni siyosiy vositalar orqali amalga oshirishga uringanini" yodda tutmoq kerak, deya davom etdi matbuot-xizmati rahbari. "Biz Gorbachevga, va barcha boʻlib oʻtgan voqealarda uning javobgarligi borasida gapirayotganimizda mana shularni nazarda tutish juda muhim, naoʻarimda", - deb hisoblaydi u.

Asosiy mavzular