17:17 24 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
78 0 0

AQSH saylovchilar hayʼati mamlakatda boʻlib oʻtgan ovoz berish yakunlarini tasdiqladi, unga koʻra Jo Bayden yangi davlat rahbari boʻladi.

TOSHKENT, 15 dek — Sputnik. AQSH prezidentligiga nomzod Jo Bayden saylovchilar hayʼatining (Electoral College) 306 ta ovoziga ega boʻlgan. Prezidentlikka saylanish uchun ularning 270 ovozi yetarli hisoblanadi.

Barcha shtatlardagi saylovchilar hayʼatining ovoz berish jarayonlari yakunlanib, bir necha haftadan buyon taxmin qilinganidek, Bayden 306 ta, Tramp esa 232 ta ovozga ega boʻldi.

Shu tariqa saylovchilar hayʼati mamlakatda boʻlib oʻtgan ovoz berish yakunlarini tasdiqladi, unga koʻra Bayden yangi davlat rahbari boʻladi.

Yangi saylangan AQSH prezidenti Jo Bayden saylovchilar hayʼatining ovoz berish yakunlarini uning amaldagi Amerika yetakchisi Donald Tramp ustidan qozongan “aniq gʻalabasi” deb atadi va raqibini hurmat koʻrsatishga chaqirdi.

Donald Tramp magʻlubiyatni tan olmayapti va natijalar ustidan shikoyat keltirmoqda, ammo hozircha hech bir sud uni qoʻllab-quvvatlamadi.

Teglar:
saylovlar, AQSH, Jo Bayden

Asosiy mavzular