17:55 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Dunyoda
Havola olish
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (67)
97010

YEOII masalalari boʻyicha Qirgʻiziston hukumatining maxsus vakili Almaz Sazbakov Oʻzbekistonning ittifoqda kuzatuvchi maqomini olishi munosabati bilan Qirgʻiziston ichki biznesi nimalarga tayyorgarlik koʻrish kerakligi borasida oʻz fikrlarini aytdi.

Sputnik Qirgʻiziston radiosi bilan oʻtkazgan suhbatda Sazbakov Oʻzbekistonning YEOIIga ehtimoliy qoʻshilishi Qirgʻiziston uchun afzalliklar va xatarlar mavjudligini taʼkidladi.

"Muayyan segmentlarda Oʻzbekiston bizga raqobatdosh, garchi nafaqat bizga, balki Qozogʻiston, Armaniston va Belarusga ham. Qoʻrquv – ish emas, ishlash kerak. Yangi bozorlar ochilishiga tayyorgarlik koʻrish kerak, Oʻzbekiston Markaziy Osiyodagi eng yirik bozor. Bu korxonalarimiz uchun imkoniyat, qoʻshni davlat Qirgʻizistondan koʻp narsani import qiladi. Agar yagona, uygʻunlashtirilgan hudud, yagona texnik reglament boʻlsa, eksportga oid hozirda aniq boʻlmagan koʻplab masalalar hal qilinadi. Bu nafaqat janubda, balki shimoldagi ishlab chiqaruvchilar uchun signal. Bizning koʻplab sut mahsulotlarimiz Qozogʻistonga ketadi va Oʻzbekiston ham yaxshi bozor", - dedi Sazbakov.

Uning soʻzlariga koʻra, Qirgʻiziston - kichik, ammo mobil davlat va uning ichki biznesi tezda yangi sharoitga moslashishi mumkin.

Mavzu:
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (67)
Teglar:
Qirgʻiziston, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular