TOSHKENT, 17 dek — Sputnik. Rossiya boshqa mamlakatlar bilan chegaralarini koronavirus bilan bogʻliq vaziyat imkon berishi bilanoq ochadi. Bu haqda mamlakat rahbari Vladimir Putin yillik matbuot anjumanida maʼlum qildi.
“Shifokorlar ijozat berishi bilanoq, chegaralar darhol ochiladi. Mumkin boʻlishi bilanoq, albatta, ochamiz”, - dedi Putin.
Rossiya 27 mart kuni koronavirus tarqalishi tufayli muntazam xalqaro va charter parvozlarni toʻxtatib qoʻygan edi. Avgust oyida Rossiya Turkiya, Buyuk Britaniya, Tanzaniya bilan parvozlarni qayta tikladi. Keyinchalik Shveytsariya, Misr, BAA, Maldiv, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Janubiy Koreya, Serbiya, Kuba va Yaponiya bilan ham parvozlar oʻzaro kelishuvga asosan tiklandi.