TOSHKENT, 17 dek — Sputnik. Samolyot kattaligidagi asteroid Yerga yaqinlashmoqda.
NASA mutaxassislari maʼlum qilishicha, u 18 dekabr kuni Yerga eng yaqin nuqtadan uchib oʻtadi. Uning diametri 26 dan 52 metrgacha, Yerga parvoz yoʻlining eng yaqin nuqtasi 6,97 million kilometr masofada boʻladi. Ushbu nuqtadagi tezligi sekundiga 7,65 kilometrni tashkil qiladi.
Shu kunning oʻzida yana kichikroq asteroid Yer yaqinidan oʻtadi. Uning diametri 5,3 metrdan 12 metrgacha boʻladi. Uning Yer bilan maksimal yaqinlashish nuqtasi taxminan 791 ming kilometrni tashkil qiladi.