17:14 24 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
556 0 0

Odatda amerika rasmiylari Rossiyani dushman emas, raqib deya atardilar. Pompeoning oʻzi shu haftada Rossiyani AQSH uchun "real tahdid", deb atagan edi.

TOSHKENT, 19 dek - Sputnik. AQSH Davlat kotibi Mayk Pompeo Rossiya Amerika dushmanlari roʻyxatiga kirishini maʼlum qildi. RIA Novosti xabari asosida.

"Menga hamma bizning dushmanimiz kim, deya savol beradi, javobim shunday: bizning hayot tarzimiz, respublikamiz, asosiy demokratik tamoyillarimizga putur yetkazishni istaguvchilar bisyor. Rossiya bu roʻyxatga kirishi aniq", - degan Pompeo Mark Levin radioshousida bergan intervyusida.

Odatda amerika rasmiylari Rossiyani dushman emas, raqib deya atardilar. Pompeoning oʻzi shu haftada Rossiyani AQSH uchun "real tahdid", deb atagan edi.

Davlat kotibi amerika OAVlarida paydo boʻlgan va goʻyoki Rossiyaning yaqindagi kiberhujumlarga aloqadorligi haqida aytilgan xabarlarni eslatib oʻtdi.

Rossiya elchixonasi AQShda olti rossiyalikka qoʻyilgan ayblovga munosabat bildirdi >>>

Pompeo Rossiya rahbriyati haqida gapirar ekan "ular ozodlikni sevadiganlar uchun real tahdid", deya qoʻshimcha qilgan. U shuningdek, Rossiya tomonidan boʻlayotgan xavfni mutlaqo kamaytirishni istamagan holda, Xitoy ham AQSH uchun undanda kattaroq "ekzistentsial" xavfligini qayd etgan.

Sal oldin Reyter agentligi oʻz manbalariga tayangan holda, chet el davlati hukumati tomonidan qoʻllab-quvvatlangan bir guruh xakerlar AQSH moliya vazirligi hamda telekommunikatsiya va axborot boʻyicha milliy boshqarmasi tizimlarini buzib kirgani va barcha maʼlumotlarni oʻgʻirlagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek, xabarda, AQSH ichki xavfsizligi vazirligi tizimi ham xakerlar tomonidan buzilgan boʻlishi mumkinligi aytilgandi.

Xakerlar hujumi koʻlami shu qadar jiddiy edi-ki, manbalarning birini soʻzlariga koʻra, bu masala boʻyicha shanba kuni AQSH milliy xavfsizligi kengashi uchrashuvi oʻtkazilgan. Washington Post nashrining oʻz manbasiga tayanib yozishicha, ushbu hujumda rossiyalik xakerlar ayblangan, ammo buni isbotlovchi biror dalil keltirilmagan.

Rossiyaning AQShdagi elchixonasi amerika OAVlarining Moskva nomiga yogʻdirgan ayblovlarni asossiz deb atadi. Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov AQSH moliya vazirligiga boʻlgan xakerlik hujumlariga izoh berar ekan, bunda Rossiya mutlaqo aloqador emasligini aytgan.

Asosiy mavzular