Qozog‘istonda pora uchun mahkum qilinganlarni muddatidan ilgari ozod qilish taqiqlandi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishSledstvenniy izolyator
Sledstvenniy izolyator  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonda poraxo‘rlik bilan bog‘liq og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan mahkumlarni shartli ravishda muddatidan ilgari ozod qilish taqiqlanmoqda.

TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 20-dekabr kuni yangi korrupsiyaga qarshi kurashish qonunini imzoladi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Noviy Chevrolet Equinox - pervie snimki v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Yaqinda amaldorlar lavozimiga qarab mashina minadigan bo‘ladi - moliya vaziri

Hujjat bilan poraxo‘rlik bilan bog‘liq og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan mahkumlarni shartli ravishda muddatidan ilgari ozod qilish taqiqlanmoqda. Shuningdek, qonun bilan endilikda davlat xizmatchilari, parlament deputatlari va sudyalarga xorijiy banklarda hisob raqamga ega bo‘lish taqiqlandi, deya yozadi Sputnik Qozog‘iston agentligi.

Korrupsiyaga oid anonim murojaatlar ham ko‘rilib chiqiladi

Qonun Qasim-Jomart Toqayev topshirig‘iga binoan tayyorlangan va parlamentning quyi va yuqori palatasi tomonidan ma’qullangan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda davlat xizmatchisi va uning oila a’zolariga sovg‘a, moddiy mukofot berish hamda xizmatlar ko‘rsatish to‘liq taqiqlangani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0