06:04 21 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
271 0 0

Frantsiyalik Romen Vandendorp muz solingan idishda 2 soat 35 daqiqa 33 soniya chidab turishga muvaffaq boʻldi.

TOSHKENT, 20 dek — Sputnik. Frantsiyalik Romen Vandendorp muz solingan idishda turish boʻyicha yangi jahon rekordini oʻrnatdi. U 2 soat 35 daqiqa 33 soniya chidab turishga muvaffaq boʻldi. Bu haqda “La Voix du Nord” gazetasi xabar qilmoqda.

Parchalangan muzga tushish maxsus shaffof konteynerda boʻlib oʻtdi. U yerdagi harorat minus 18 daraja sovuq tashkil etgan. Bu jarayonni Ginnessning rekordlar kitobi vakillari kuzatgan.

​Nashrning yozishicha, Romen Vandendorp “oʻz fiziologiyasi chegaralarini kengaytirish uchun” ikki yil mobaynida mashq qilgan.

“Sirtdan qarshingizda muz boʻlaklariga toʻla quttidagi oddiy yigit boʻlib koʻrinadi, lekin, sizni ishontirib aytamanki, ichimda koʻplab narsalar roʻy bermoqda. Birinchi soatda hammasini nazorat qilgan boʻlsam, qolgan vaqtni titroqni yengish uchun diqqatni saqlashga toʻgʻri keldi”, - deya fikrlari bilan oʻrtoqlashdi frantsuz.

U rekordini saratondan aziyat chekayotgan bolalarga bagʻishladi. Gazeta maʼlumotlariga koʻra, uning otasi va Ogyustin ismli 4 yoshli qizaloq shu kasallik tufayli vafot etgan.

Ginnessning rekordlar kitobidagi qaydlarga koʻra, avvalgi rekordni xitoylik Tszin Sunchao 2014 yil 4 sentyabrda oʻrnatgan. Oʻshanda u boʻyniga muzga koʻmilgan holda 1 soatu 53 daqiqa turgan.

Asosiy mavzular