11:26 16 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Dunyoda
Havola olish
106820

21 dekabr kuni kechqurun Yer aholisi kamdan kam uchraydigan noyob samoviy hodisa - Yupiter va Saturn yaqin kelishini koʻrishlari mumkin.

TOSHKENT, 21 dek — Sputnik. 21 dekabr kuni kechqurun Yer aholisi kamdan kam uchraydigan noyob samoviy hodisa - Yupiter va Saturn yaqin kelishini koʻrishlari mumkin - bu sayyoralar oxirgi marta 794 yil oldin bunday yaqinlashuv yuz bergan, deb xabar qildi Moskva Planetarium.

Sayyoralar ikkitali yulduzga oʻxshab koʻrinadi. Bu 21 dekabr - yilning eng uzun tunida roʻy berishi ham nooddiy holat, shuning uchun bu hodisa "Quyosh turishi yulduzi" deb nomlanadi.

Astronomlar bu hodisani kuzatishni quyosh botganidan bir soat oʻtgandan keyin boshlashni maslahat berishadi. Ufqning janubi-gʻarbiy qismiga qarash kerak. Ushbu hodisani dekabr oyi davomida kuzatish mumkin, ammo bugun eng yuqori choʻqqisi boʻladi. Har kuni sayyoralar orasidagi burchak masofasi kamayadi, 21 dekabrdan keyin esa u koʻpayishni boshlaydi.

Hodisa koʻz bilan koʻrish mumkin, lekin durbin yoki teleskop bilan qiziqroq boʻladi, ikkala sayyora koʻrinadi. Bulutli ob-havo kuzatuvlarga xalaqit berishi mumkin.

Keyingi safar Yupiter va Saturnning bunday yaqin kelishi 2080 yil 15 martda sodir boʻladi. Ikki sayyoraning yaqin kelishi oʻrtacha har 19,6 yilda sodir boʻladi, ammo bunday kichik burchak masofasida noyob astronomik hodisa hisoblanadi.

Teglar:
Quyosh, Oy, kosmos

Asosiy mavzular