09:55 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
116832

Oʻzbekiston YEOIIga aʼzoligi - mustaqillik yoʻqotilishiga olib kelmaydi - Rossiya elchisi Vladimir Tyurdenev.

TOSHKENT, 21 dek — Sputnik. Oʻzbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII)ga aʼzoligi - mustaqillik yoʻqotilishiga olib kelmaydi, deb aytdi Rossiya elchisi Vladimir Tyurdenev Toshkentda oʻtkazilgan yillik matbuot anjumanida. Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabariga asosan.

“Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarni koʻrganimizda, Oʻzbekistonning YEOIIda kuzatuvchi maqomini olganiga  “Mustaqillik – alvido” degan reaktsiya. Bu kulgili. YEOIIga aʼzo boʻlgan hech qaysi davlat oʻz mustaqilligini yoʻqotmadi. Ular koʻproq imkoniyatlarni olishdi. Chunki, bu maʼlum bir ishtirokchining miqyosiga qaramay, hamma uchun bir xil boʻlgan teng huquqli ittifoq", - dedi Rossiya elchisi.

Uning fikriga koʻra, Oʻzbekiston YEOIIga kuzatuvchi maqomini olishi juda muhim qadam.

"Oʻylaymanki, hozir bu qadam juda muhim, lekin bu qoʻshilish yoʻlidagi birinchi qadam. Vaqt kerak boʻladi. Oʻzbekiston va YEOII aʼzo-davlatlariga ham vaqt zarur. Negaki, YEOII bu faqat Rossiya emas, bu - Qozogʻiston, Belarus, Qirgʻiziston, Armaniston. Ular oʻz iqtisodiy sharoitlarga ega.

Qirgʻiziston YEOIIga qoʻshilganda, uni iqtisodiyot darajasi jihatidan Oʻzbekiston bilan taqqoslash murakkab. Demak, bu bosqichda tomonlarning har bir hammaga foydali boʻlishi uchun bunday integratsiyadan nimani olishini aniq tushunib olishi kerak”, - deb qoʻshimcha qildi Rossiya diplomati.

Eslatib oʻtamiz, 11 dekabr kuni Oʻzbekiston YEOIIda kuzatuvchi-davlat maqomiga ega boʻldi.

YEOII - 2015 yil 1 yanvardan beri faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro integratsion iqtisodiy birlashma. Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston va Qirgʻiziston YEOIIga aʼzo.

2020 yilda Belarus Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi organlariga raislik qilmoqda. Moldova 2018 yil may oyidan boshlab YEOII qoshida kuzatuvchi hisoblanadi.

Teglar:
Oʻzbekiston, YEOII

Asosiy mavzular