18:38 20 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
250 0 0

Fojia mamlakat janubida yuz bergan. 22 yashar Gilyerme Chyapetti Kashueyra-da-Onsa sharsharasi tepaligida suratga tushayotib, sirpanib ketgan va deyarli oʻn metr balandlikdan toshlarga qulagan

TOSHKENT, 22 dek – Sputnik. Braziliyalik fuqaro selfi tushaman deb, sharshara choʻqqisidan pastga tushib ketgan va halok boʻlgan. Bu haqda mahalliy Bemparana nashri xabar bermoqda.

Fojia mamlakat janubida yuz bergan. 22 yashar Gilyerme Chyapetti Kashueyra-da-Onsa sharsharasi choʻqqisida suratga tushayotib, sirpanib ketgan va deyarli oʻn metr balandlikdan toshlarga qulab tushgan.

Yigit bosh-miya va koʻplab sinish jarohatlarini olgan, doʻstlari unga birinchi yordamni koʻrsatishga urinishgan, hodisa joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar esa jabrdiydani kasalxonaga yetkazgan. Ammo Chyapetti koma holatiga tushgan va tez orada oʻziga kelmagan holda vafot etgan.

Halok boʻlgan yigitning otasi oʻgʻli fotosuratlar ishqibozi boʻlganligi, oʻsha mashʼum sharsharada ham koʻp bora boʻlib, suratga tushganligi haqida soʻzlab bergan.

Asosiy mavzular