11:41 16 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Dunyoda
Havola olish
400 0 0

Rossiya Aleksey Navalnыy bilan bogʻliq vaziyat tufayli Yevropa Ittifoqi santsiyalariga javoban mamlakatga kirishi taqiqlangan YEIga aʼzo mamlakatlar vakillari roʻyxatini kengaytiradi.

TOSHKENT, 22 dek — Sputnik. Moskva Aleksey Navalnыy bilan bogʻliq vaziyat tufayli kiritilgan sanktsiyalarga javoban mamlakatga kirishi taqiqlangan Yevropa Ittifoqiga aʼzo mamlakatlar vakillari roʻyxatini kengaytiradi.

“...Oʻzaro tamoyillar asosida Rossiya tomonidan Rossiya Federatsiyasi hududiga kirishi taqiqlangan YEIga aʼzo mamlakatlar vakillarining javob roʻyxatini kengaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi”, - deyilgan Rossiya TIV bayonotida.

Rossiya TIV kengaytirilgan roʻyxatga Yevroittifoq doirasida Rossiyaga qarshi sanktsiyalarni kuchaytirishga aloqadorlar kiritilishini maʼlum qilgan.

Taʼkidlanishicha, rossiyaliklarga qarshi sanktsiya kiritish tashabbuskorlari ularning Navalniy bilan bogʻliq hodisaga aloqadorligini tasdiqlovchi dalillarni na Rossiya tomoniga, na YEIning boshqa aʼzolariga taqdim etishgan.

Rossiya tashqi siyosiy idorasi Gʻarb mamlakatlari tomonidan tashlangan nodoʻstona qadam oʻzining munosib javobini olishini tasdiqlagan.

Teglar:
Rossiya TIV, Navalniy, Yevropa, Rossiya

Asosiy mavzular