10:00 16 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Dunyoda
Havola olish
99 0 0

“Yashil roʻyxat”ga kiruvchi Oʻzbekiston sayyohlari 24 dekabrdan boshlab ikki haftalik karantindan ozod qilinadi.

TOSHKENT, 23 dek — Sputnik. Abu-Dabi 24 dekabrdan koronavirus pandemiyasi sabab kiritilgan ayrim cheklovlarni bekor qiladi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

“Yashil roʻyxat”ga kiruvchi Oʻzbekiston, Tojikiston, Saudiya Arabistoni, Xitoy, Gongong, Singapur va boshqa davlat sayyohlari ikki haftalik karantindan ozod qilinadi. Hukumat bu roʻyxatni har ikki hafta yangilab boradi. Ushbu roʻyxatda boʻlmagan davlat fuqarolari 10 kungacha karantinda boʻlishlari shart.

Shu bilan birga, barcha sayyohlar amirlikka kirish uchun 96 soatdan oshmagan vaqt ichida topshirilgan manfiy PZR-test taqdim qilishlari talab etiladi. Bundan tashqari, Abu-Dabiga yetib kelgandan keyin ham test topshirish kerak. Agarda mamlakatda uzoqroq vaqt ushlanib qolinsa, 6 va 12-kunlar koronavirusga test topshirish zarur.

Birlashgan Arab Amirliklarida pandemiya boshlangandan buyon 195,8 mingdan ziyod kasallanish holati qayd qilingan. Shulardan 170 mingdan ziyodi tuzalib ketishga muvaffaq boʻlgan.

Teglar:
Abu-Dabi, turizm, sayyohlar, koronavirus, BAA

Asosiy mavzular