“Sputnik V” vaksinasi nomidagi “V” nimani anglatadi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishVaksini protiv COVID-19 "Sputnik V"
Vaksini protiv COVID-19 Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasi nomidagi “V” harfi nimani anglatishi oydinlashdi.

TOShKENT, 24 dek — Sputnik. Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi rahbari Kirill Dmitriyev koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasi nomidagi “V” harfi nimani anglatishini ochiqladi.

Migrantlarni emlash uchun “Sputnik V” vaksinasini yetkazib berish to‘g‘risida bitim imzolandi

Uning so‘zlariga qaraganda, “V” harfi koronavirus ustidagi g‘alabani anglatadi.

“Vaksinamiz nomidagi “V” harfi koronavirus ustidagi g‘alabani anglatadi, va biz Argentina xalqiga bu kasallik ustidan g‘alaba qozonishni tilaymiz”, - deya tushuntirdi Dmitriyev vaksinaning birinchi partiyasini Argentinaga yetkazib berilganini izohlayotib.

24 dekabr kuni COVID-19 ga qarshi Rossiya vaksinasi  “Sputnik V”ning birinchi dozalari ortilgan samolyot Argentinaga kelib qo‘ndi. Jami 300 ming doza yetkazib berildi. Birinchi navbatda tibbiyot xodimlari emlanadi.

Rossiyaning yangi koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinasi dunyoda birinchi bo‘lib ro‘yxatdan o‘tkazildi va u “Sputnik V” deb nomlandi.

Yangiliklar lentasi
0