11:07 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Dunyoda
Havola olish
1272 0 0

Olimlar bergan maʼlumotlarga koʻra, yangi shtamm oldingi infektsiyaga qaraganda 56%ga xavfliroq, mutaxassislar fikricha, ushbu xususiyat tufayli kasallanganlar soni keskin oshib, kasalxonalar toʻlib ketishiga olib keladi.

TOSHKENT, 26 dek — Sputnik. Buyuk Britaniyada aniqlangan koronavirusning yangi shtammi oldingilaridan ancha xavfliroq boʻlishi mumkin. Londondagi gigiyena va tropik tibbiyot qoshidagi yuqumli kasalliklarni matematik modellashtirish markazi mutaxassislari shunday xulosaga kelishdi, deyiladi MedicalXpress portalida.

Olimlar maʼlumotlariga koʻra, yangi shtamm oldingisiga nisbatan ancha, 56%ga xavfliroq, mutaxassislar fikriga koʻra, ushbu xususiyat yangi kasallanganlar tufayli kasalxonalarning toʻlib ketishiga olib keladi.

Tadqiqotchilarning taʼkidiga koʻra, Buyuk Britaniyada pandemiya vaqtida cheklov choralarining saqlanib qolishi, hatto lokdaun ham ushbu stsenariy yuz berishining oldini ololmaydi.

Shu bilan birga, cheklov choralarining oz boʻlsada yumshatilishi kasallar sonining shiddat bilan oshishiga olib keladi.

Mavjud virus mutatsiyasi

Sal avval Rossiya Davlat dumasi deputati Gennadiy Oniщenko RT bilan suhbatda, Buyuk Britaniyada aniqlangan koronavirus mutatsiyasi - bu mavjud virus mutatsiyasi, yangi shtamm emasligini aytgan edi.

Ekspert fikriga koʻra, virus mutatsiyaga uchrab, odamlar orasida yanada jadallik bilan va agressiv ravishda tarqalmoqda.

"Britancha" shtamm

Sal oldin Buyuk Britaniyada SARS-CoV-2 koronavirusining yangi mutatsiyasi aniqlangani haqida maʼlum boʻlgan edi.

Britaniyaning yangi va yuzaga kelayotgan respiratorli virus xavflari boʻyicha maslahatlashuv kengashi mamlakatda aniqlangan koronavirusning yangi turi katta tezlikda tarqalayotgani va aholidan yanada koʻproq ehtiyotkorlikni talab etishini maʼlum qilgan edi. Koronavirusning ushbu turi sakkizta davlatda aniqlandi.

Eslatib oʻtamiz, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan Oʻzbekistonda 21 - dekabr sanasidan 2021 yil 10 - yanvarga qadar Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlari bilan xalqaro aviareyslar (kirish, chiqish va tranzit reyslar orqali respublikaga kirish) toʻxtatiladi.

Ushbu chora dunyodagi epidemiologik vaziyatning tezkor keskinlashuvi sharoitida mamlakatda epidemiologik barqarorlikni saqlab qolish, koronavirus infektsiyasi tarqalishining yangi oʻchoqlari paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida qabul qilingan.

Rossiya ham 22 dekabrdan Britaniya bilan avia-parvozlarni toʻxtatgan.

Teglar:
Britaniyada koronavirusning yangi shtammi, koronavirus pandemiyasi, koronavirus, virus, Britaniya, Buyuk Britaniya

Asosiy mavzular