TOSHKENT, 27 dek — Sputnik. Moskvaning 60 yoshdan yuqori aholisi 28 dekabrdan koronavirusga qarshi emlanish uchun navbatga yozilishlari mumkin. Bu haqda shahar meri Sergey Sobyanin maʼlum qildi.
“Rossiya SSV keksalarning “Sputnik V” vaktsinasi bilan COVID-19ga qarshi emlanish imkoniyatini maʼqulladi. Bu ajoyib. Chunki keksalar kasallikni oʻta ogʻir bosh kechiruvchi eng katta xavf guruhidir”, - deya yozdi Sobyanin oʻz blogida.
Kuni kecha Rossiya SSV 60 yoshdan oshgan kishilarni emlash uchun “Sputnik V” vaktsinasini qoʻllashni maʼqullagan edi. Ekspertiza uning xavfsiz va samarador ekanini tasdiqlagan. Uning samaradorligi 90 foizni tashkil etgan.