17:28 24 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
234 0 0

Chegaralarni yopish toʻgʻrisidagi qaror besh nafar yaponlarda koronavirusning “britancha” shtammi aniqlangani sabab qabul qilingan.

TOSHKENT, 27 dek — Sputnik. Yaponiya hukumati dunyoning barcha davlatlari va hududlaridan mamlakatga kirishga vaqtinchalik taqiqladi. Bu haqda “Kyodo” agentligi xabar qilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, cheklovlar 28 dekabrdan boshlab kelgusi yil oxiriga qadar amal qiladi.  Yaponiya fuqarolari va mamlakatda yashash ruxsatnomasini olgan chet elliklar mamlakatga qaytishi mumkin. Shuningdek, xuddi shu muddatga yangi viza berish toʻxtatib qoʻyilgan.

Chegaralarni yopish toʻgʻrisidagi qaror besh nafar yaponlarda koronavirusning “britancha” shtammi aniqlangani sabab qabul qilingan. Ular yaqinda Buyuk Britaniyadan qaytgan boʻlishgan.

Hozirda Yaponiyada, xususan, Tokio shahrida rekord darajada koronavirus bilan kasallanish kuzatilmoqda. Oʻtgan kun mamlakatda 3,8 mingdan ziyod kishida COVID-19 aniqlangan, shulardan 949 nafari Tokioda. Yaponiyada koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 213 mingdan oshgan. Shulardan 180 mingdan ziyodi tuzalib ketgan. 3,1 mingdan ortiq inson virus qurboniga aylangan.

Mavzu boʻyicha

SSV koronavirusning yangi shtammi xususida maʼlumot berdi
Koronavirusning "britancha" shtammi Germaniyada aniqlandi
Britaniyada aniqlangan koronavirusning yangi mutatsiyasi dunyoni sarosimaga solmoqda
“Qamalda” qolgan Britaniya koʻchalaridagi hayotga nazar
Dunyo mamlakatlari koronavirusning yangi turi sabab Britaniya bilan parvozlarni toʻxtatmoqda
Teglar:
chegara, koronavirus, Britaniyada koronavirusning yangi shtammi, Yaponiya

Asosiy mavzular