TOSHKENT, 27 dek — Sputnik. Abxaziya prezidenti Aslan Bjaniya koronavirus yuqtirib oldi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.
“Abxaziya prezidenti Aslan Bjaniyada koronavirus aniqlandi. Kasallik yengil shaklda oʻtmoqda. Aslan Bjaniya oʻzini yaxshi his qilmoqda”, - deyilgan xabarda.
Bjaniya oʻzini oʻzi yakkalagan va vazifasini masofadan turib bajaradi.
“Prezident Abxaziyada, Suxumdagi oʻzining rasmiy qarorgohida”, - deya aniqlik kiritgan xabarda.
Abxaziyada koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 8459 nafarga yetgan. Shulardan 6726 nafari tuzalib ketgan. 108 ta oʻlim holati qayd etilgan.