17:06 24 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
72351

"Orion" - oʻrta balandlikda uzoq vaqt davomida uchishga moʻljallangan uchuvchisiz apparatlar toifasiga kiradi. Uning ogʻirligi 1100 kilogrammni, foydali yuk massasi esa - 210 kgni tashkil etadi.

TOSHKENT, 28 dek — Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi ilk bor "Orion" uchuvchisiz apparatini unga oʻrnatiladigan barcha qurol yarogʻ bilan birga rasman taqdim etdi. Surat vazirlik sahifasida eʼlon qilingan 2021 yil kalendarida chop etilgan. 

"Orion" - oʻrta balandlikda uzoq vaqt davomida uchishga moʻljallangan uchuvchisiz apparatlar toifasiga kiradi. Uning ogʻirligi 1100 kilogrammni, foydali yuk massasi esa - 210 kgni tashkil etadi. Orion tayyor koʻrinishda ilk bor ArMI-2020 koʻrgazmasda namoyish etilgan edi.

Vadim Savitsky
Bespilotnыy letatelnыy apparat (BPLA) "Orion-E"

Fotosuratda apparat choʻl kamuflyajida aks etgan. 

Uchuvchisiz apparat ogʻirligi 21 kg boʻlgan bir necha yoʻnaltiriluvchi aviabombalar KAB-20 hamda ogʻirligi 7kg boʻlgan, sputnik va lazer yordamida nishonga aniq yoʻnaltirilishi mumkin bщlgan oskolkali-fugas jangovar bosh qism bilan jihozlanishi mumkin. U dushmanning yengil zirhlangan texnikasi va tirik joniga zarba berishga moʻljallangan. 

Rossiya Mudofaa vazirligining 2021 yilgi kalendarida shuningdek ogʻir dron "Oxotnik" hamda 5-avlod qiruvchi samolyoti Su-57, "Borey" suv osti kemasi, T-90M tanki, "Armata" Pexota jangovar mashinasi va boshqa zamonaviy harbiy texnika aks etgan. 

Asosiy mavzular