16:00 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Dunyoda
Havola olish
123 0 0

Rossiya taʼlim va ilm-fan vaziri Rossiya OTMlarining xorijlik talabalari diplomni masofadan turib himoya qilish imkoniyatiga ega boʻlishini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 28 dek — Sputnik. Mamlakat hududiga kira olmaydigan Rossiya OTMlarining xorijlik talabalari diplomni masofadan turib himoya qilish imkoniyatiga ega boʻladi. Bu haqda Rossiya taʼlim va ilm-fan vaziri Valeriy Falkov maʼlum qildi.

“Bizning aksariyat oxir bosqich talabarimiz emas, balki birinchi bosqich talabalarimiz jabr koʻrdi. Oʻylaymanki, baʼzi joylarda buning imkoni bor, shu bilan birga, men bu ommaviy boʻlmaydi deb oʻylayman. Vaziyatga qarab ish tutamiz”,  - dedi Falkov. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan

U oliygohlar chet ellik talabalarning vaziyatini tushunishlari kerakligini qoʻshimcha qildi. Joriy oʻquv yilida pandemiya sabab koʻp narsalardan ortda qolganlar individual rejasini tuzishi darkor.

Shuningdek, juda koʻp narsalarni qoldirganlar va sessiyani topshira olmaydiganlarga akademik taʼtil berilishi zarar, deb taʼkidladi Falkov.

Teglar:
talabalar, OTM, Rossiya

Asosiy mavzular