09:23 23 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
346 0 0

Novaya Zemlya oroli yaqinida "Onega" trauleri choʻkib ketishi oqibatida 1 kishi qurbon boʻldi, 16 kishi qidirilmoqda.

TOSHKENT, 28 dek - Sputnik. Dushanba kuni erta tongda Barentsevo dengizida ichida 19 nafar ekipaj aʼzosi boʻlgan baliqchi kema choʻkib ketdi. 

"Onga" trauleri Novaya Zemlya oroli yaqinida halokatga uchradi. 2 kishini boshqa kemadagi dengizchilar qutqarib qolishgan. Bir kishining jasadi keyinroq dengizdan topilgan. Hozircha izsiz yoʻqolgan 16 kishi qutqaruv xizmatlari tomonidan qidirilmoqda.

Halokatga sabab sovuq ob-havo deyilgan xabarda. Shu kunlarda Barentsovo dengida haro harorati keskin sovib ketgan. 

Murmansk prokuraturasi tomonidan dengiz transporti ekspluatatsiya qoidalarini buzish holati boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Ekipaj aʼzolarining aksariyati Rossiya fuqarolari boʻlgan. Bir kishi Sʼyerra-Lione fuqarosi boʻlgan. 

"Onega" trauleri Norvegiyada 1979 yilda qurilgan. Murmansk portida roʻyxatda turgan. Marine Traffic maʼlumotiga koʻra, kema Norvegiyaning Kirkines portida 14 dekabrda yoʻlga chiqqan. Murmanskda soʻnggi marotaba 11 dekabr kuni boʻlgan. 

Asosiy mavzular