18:12 20 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
111221

Rossiya yetakchisi matbuot kotibi Putin vorisi haqidagi fikrlar biror bir narsa bilan asoslanmaganini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 29 dek — Sputnik. Rossiya yetakchisi matbuot kotibi Dmitriy Peskov ayrim siyosatchilarning prezident Vladimir Putinning vorisi borasidagi mulohazalariga munosabat bildirdi.

“Vorislar mavzusi anʼanaviy ravishda kuchli qiziqishni keltirib chiqaradi. Shu bois bu hamisha boʻlgan, ehtimol, hamisha shunday boʻlib qoladi. Koʻpincha bu mulohazalar, albatta, biror bir narsa bilan asoslanmagan va shunchaki mulohazalar boʻladi. Buni hech qanday izohlay olmayman”, - dedi Peskov. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Putin oʻz vorisi haqida oʻylaydimi degan savolga, Peskov barcha matbuot anjumanlarida bu haqda prezident koʻp marotaba soʻralgani va u koʻp marta javob qaytarganini qoʻshimcha qildi.

Davlat rahbari bir necha marta qarorni xalq qabul qilishi kerakligini taʼkidlagan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiya Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy kelajakda kim Rossiya prezidenti boʻlishi mumkinligi borasida oʻz fikrlarini bildirgan edi.

Teglar:
Dmitriy Peskov, Vladimir Putin, Kreml

Asosiy mavzular