Yamandagi aeroportda kuchli portlash sodir bo‘ldi - video

© Sputnik / Vladimir Sergeyev / Mediabankka o‘tishSamolet
Samolet - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Portlash yangi hukumat delegatsiyasi Saudiya Arabistonidan kelgan vaqtda yuz bergan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 10 kishiga yetgan, 20 dan ziyod kishi yarador bo‘lgan.

TOShKENT, 30 dek — Sputnik. Yamandagi Adan shahri aeroportining tashriflar zalida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Portlash yangi hukumat delegatsiyasi Saudiya Arabistonidan kelgan vaqtda yuz bergan.

“O‘lganlar va yaradorlar bor, lekin vazirlar bu vaqtda samolyotda edi, ular jabrlanmadi”, - deya ma’lum qilgan agentlik manbasi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Adan aeroportidagi otishma qurbonlari soni 10 kishiga yetgan, 20 dan ziyod kishi yarador bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0