"O‘lik qushlar yomg‘iri": Italiyada salyutlar tufayli yuzlab chug‘urchiqlar qirildi

© Sputnik / Pavel LisisinSalyut. Arxivnoe foto
Salyut. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jonivorlarni himoya qiluvchi xalqaro tashkilot qushlarning o‘limi salyutlar ovozining balandligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, deya bayonot bergan.
TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. Rimda Yangi yil kirib keladigan oqshomda yuzlab chug‘urchiqlar bayram salyutlaridan yuragi yorilib, yerga qulab, halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy RomaToday nashri yozmoqda.
​E’lon qilingan kadrlarda yer yuzida sochilib yotgan o‘nlab qushlar tasvirlangan.
"Kechirasiz, ammo bayramni nishonlash istagi yo‘qoldi. Yuzlab qushlar halok bo‘lgan", — deya video muallifi so‘zlaridan iqtibos keltiradi nashr.
Jonivorlarni himoya qiluvchi xalqaro tashkilot qushlarning o‘limi salyutlar ovozining balandligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, deya bayonot bergan.
"Ehtimol, ular qo‘rquv tufayli o‘lgan. Ular bir-biriga to‘qnashib, derazalardan ichkariga kirishi yoki elektr uzatish tarmoqlariga o‘zini urishlari mumkin. Shuningdek, ular yurak xurujidan o‘lgan bo‘lishi mumkinligini ham esdan chiqarmaylik", - deya tashkilot matbuot-kotibi Loredanu Diglio so‘zlaridan iqtibos keltiradi AP.
Tashkilotning italiya bo‘limi rahbari Massimo Komparottoning aytishicha, ular har yili petardalar va feyerverklar sotuvini man etishni iltimos qiladilar.
Yangiliklar lentasi
0