11:05 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1347)
1422 0 0

2019 yilning 31-dekabrida Xitoy hukumati BSSTga Xubey viloyatining Uxan shahrida nomaʼlum pnevmoniya avj olgani toʻgʻrisida xabar berdi.

TOSHKENT, 2 yanv - Sputnik. Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I Xinhua agentligi va XXR Markaziy televideniyesiga bergan intervyusida oʻtkazilayotgan tadqiqotlarning aksariyati, koronavirus pandemiyasi butun dunyo boʻyicha alohida oʻchoqlarda yuzaga kelganini koʻrsatmoqda, deya maʼlum qildi.

"Xitoyni nomaʼlum virus zabt etganida, u epidemiologik surishtiruv uchun tezkor choralarni qabul qildi, patogenni aniqlash va muhim maʼlumotlarni chop etish, shu jumladan virus ketma-ketligini aniqlash ishlarini olib bordi", - deb aytgan diplomat. Van I soʻzlaridan RIA Novosti XAA iqtibos keltirmoqda.

Bundan tashqari, Xitoy COVID-19 kasalligi haqida maʼlum qilgan birinchi davlat boʻldi, deya eslatib oʻtdi XXR TIV rahbari.

"Biz dezinformatsiyaga qarshi kurash, ushbu holatni siyosiylashtirish va stigmatizatsiyaga qarshi kurashda old qatorlarda turdik. , atsiyey, popыtkam politizatsii i stigmatizatsii. Biz pandemiyaga qarshi kurashdagi obʼyektiv bayon va kollektiv xotira yolgʻon bilan buzilmasligini taʼminlash uchun qatʼiy edik", - dedi u.

2019 yilning 31-dekabrida Xitoy hukumati BSSTga Xubey viloyatining Uxan shahrida nomaʼlum pnevmoniya avj olgani toʻgʻrisida xabar berdi. Kasallik qoʻzgʻatuvchisi COVID-19 deya nom berilgan yangi turdagi koronavirus edi. 11 mart kuni BSST koronavirus infektsiyasi tarqalishini pandemiya deb eʼlon qildi.

Tashkilot maʼlumotlariga koʻra, kasallik dunyo boʻyicha 82 millionga yaqin kishiga yuqqan. Djons Xopkins universiteti maʼlumotlariga koʻra, virusni yuqtirganlar soni dunyoda 84 millionga yetgan. Infektsiyalanganlar soni boʻyicha AQSH, Hindiston va Braziliya yetakchi oʻrinda bormoqda. Keyingi oʻrinlarda Rossiya, Frantsiya, Britaniya, Italiya, Ispaniya, Germaniya va Kolumbiya kelmoqda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1347)
Teglar:
Xitoy, koronavirus pandemiyasi, koronavirus

Asosiy mavzular