16:17 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Dunyoda
Havola olish
420 0 0

Armaniston Sogʻliqni saqlash vazirligi bir yarim oy davom etgan Togʻli Qorabogʻdagi jangovar harakatlar vaqtida 3300 nafar harbiy qurbon boʻlganini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 3 yanv — Sputnik. Armaniston Sogʻliqni saqlash vazirligi 2020 yil sentyabridan noyabriga qadar davom etgan Togʻli Qorabogʻdagi jangovar harakatlar vaqtida qurbon boʻlganlar soniga aniqlik kiritdi. Bir yarim oy davom etgan janglarda arman tomonidan 3300 kishi halok boʻlgan.

“1 yanvar holatiga koʻra 3300 jasadning sud-tibbiyot ekspertizasi oʻtkazildi”, - deyiladi vazirlikning Facebookʼdagi xabarida. Jasadlarni identifikatsiya qilish va tanib olish uchun 1141 ta namuna olingan, yana 871 ta namuna oʻrganish bosqichida.

Armaniston SSV 3 dekabr kuni qurolli mojaro davomida Armanistonning 2660 nafar harbiy xizmatchilari halok boʻlganini xabar qilgan edi.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi, oʻz navbatida, dekabr boshida ozarbayjon tomonidan 2783 nafar harbiy xizmatchi halok boʻlgani, yana 100 nafardan ziyod kishi bedarak yoʻqolganini maʼlum qilgan edi.

Eslatib oʻtamiz, sentyabr oyida oxirida yana boshlangan Togʻli Qorabogʻ mojarosi Rossiya, Ozarbayjon va Armanistonning uch tomonlama kelishuviga asosan 10 noyabrda toʻxtatilgan edi. Shundan soʻng hududga Rossiya tinchlikparvar kuchlari kiritilgan va kelishilgan holda Agdam, Kelbajar va Lochin hududlari Ozarbayjon ixtiyoriga berilgan edi.

Teglar:
qurbonlar, Ozarbayjon, Togʻli Qorabogʻ, Armaniston

Asosiy mavzular