17:54 20 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1348)
821 0 0

Tojikistonda 31 dekabr va 1 yanvar kunlari kasallanish kuzatilmadi. Qozogʻistonda oʻtgan sutkada 700 dan ziyod kishida koronavirus aniqlandi.

TOSHKENT, 3 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Tojikistonda koronavirus bilan kasallanish holatlari keskin kamaygani kuzatilmoqda.

2 yanvar kuni Oʻzbekistonda 49 kishida koronavirus aniqlandi. Mamlakatda kasallanganlarning umumiy soni 77 231 yetgan. Shulardan 75 358 (98 foiz) nafari tuzalib ketgan. Jami 614 kishi virus qurboniga aylagan.

Qirgʻizistonda oʻtgan kun davomida 91 kishi kovid yuqtirib olgani aniqlandi. Pandemiya boshlangandan buyon 81 305 kishi kasallangan, shulardan 76 563 nafari sogʻayib ketgan. Mamlakatda koronavirus qurbonlari soni 1359 nafarni tashkil etmoqda.

Tojikistonda ham koronavirus bilan kasallanish kamaymoqda. Mamlakat SSV 31 dekabr va 1 yanvar kunlari hech kimda koronavirus aniqlamaganini xabar qildi. 2 yanvar kuni esa faqat 4 kishida infektsiya aniqlangan. Hozir mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 13 300 nafarni tashkil etmoqda. Shulardan 12 939 nafari (97,2 foiz) tuzalib ketgan. 90 bemorni virus bevaqt hayotdan olib ketgan.

Oʻtgan kun davomida Qozogʻistonda koronavirus bilan kasallangan 714 kishi qayd etilgan. Mamlakatda jami 156 934 kishi koronavirus yuqtirib olgan, shulardan 143 958 nafari sogʻayib ketishga muvaffaq boʻlgan. 2262 kishi koronavirus oqibatlari tufayli vafot etgan.

Turkmanistonda koronavirus rasman qayd etilmagan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1348)
Teglar:
Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Oʻzbekiston, Markaziy Osiyo, koronavirus

Asosiy mavzular