11:05 16 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Dunyoda
Havola olish
365 0 0

Reytingga 10 ta post kiritilgan, ularning aksariyati taniqli futbolchi va shou-biznes yulduzlarining postlari.

TOSHKENT, 4 yanv — Sputnik. Instagram ilovasi tahlilchilari 2020 yilda eng koʻp “layk” olgan 10 ta post roʻyxatini tuzishdi, deb xabar qilmoqda “Billboard” nashri.

Birinchi oʻrinni futbolchi Krishtianu Ronaldu egallagan. Uning afsonaviy argentinalik futbolchi Diyego Maradona vafoti haqida eʼloniga 19,7 millionta  “yoqdi” tugmasi bosilgan.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Cristiano Ronaldo (@cristiano)

Mashhurlik boʻyicha ikkinchi post aktyor Chedvik Bouzmanning rasmiy sahifasida eʼlon qilingan, unda aktyor 43 yoshida saratondan vafot etgani xabar qilingan edi. Post 19,1 millionta “layk” toʻplagan.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Chadwick Boseman (@chadwickboseman)

Kuchli uchlikka Lionel Messi kiritilgan. Ispaniyaning “Barselona” klubi sardori Krishtianu Ronaldu kabi Diyego Maradona xotirasida bagʻishlab surat joylagan. Bu surat 16,3 millionta “layk” toʻplagan.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Leo Messi (@leomessi)

Toʻrtinchi oʻrin amerikalik model Kayli Jennerga munosib koʻrilgan. Uning reper Trevis Skott va qizi Stormi aks etgan surati qariyb 16 million kishiga maʼqul kelgan.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Kylie 🤍 (@kyliejenner)

Beshinchi pogʻonani basketbolchi Lebron Jeyms egalladi. Uning afsonaviy basketbolchi Kobi Brayant xotirasiga bagʻishlab joylagan suratiga 15,4 million kishi baho berdi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot LeBron James (@kingjames)

Oltinchi pogʻonadan amerikalik qoʻshiqchi Arina Grande oʻrin olgan. Uning elita koʻchmas mulk boʻyicha agent Dalton Gomes bilan unashtirilgani haqidagi post va u bilan tushgan suratlari 15,3 million (hozir bu raqam 15,5 millionga yetgan) foydalanuvchilarga yoqqan.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Ariana Grande (@arianagrande)

Eng mashhur postlar oʻnligiga Kayli Jenner va Krishtianu Ronalduning boshqa suratlari kiritilgan. Ular yettinchi, sakkizinchi, toʻqqizinchi va oʻninchi oʻrinlarni oʻzaro boʻlib olishgan.

Asosiy mavzular