London sudi Assanjni AQShga ekstraditsiya qilishdan bosh tortdi

© REUTERS / Henry NichollsOsnovatel WikiLeaks Djulian Assanj v politseyskom furgone posle togo, kak britanskaya politsiya arestovala yego v posolstve Ekvadora v Londone
Osnovatel WikiLeaks Djulian Assanj v politseyskom furgone posle togo, kak britanskaya politsiya arestovala yego v posolstve Ekvadora v Londone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
London sudi “WikiLeaks” asoschisi Julian Assanjning hayotiga xavf paydo bo‘lishi mumkinligi sabab uni AQShga ekstraditsiya qilmaslik to‘g‘risida ajrim chiqardi.
TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. London markaziy sudi sudyasi Vanessa Baraytser Amerika hukumatiga “WikiLeaks” asoschisi Julian Assanjni ekstraditsiya qilishdan bosh tortdi, deya yozmoqda RIA Novosti.
“Men unga AQShda jiddiy izolyatsiyani nazarda tutuvchi maxsus ma’muriy choralar qo‘llanishi mumkinligini inobatga oldim. U Assanjning ruhiy sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin”, - dedi Baraytser.
Sudya ajrimni o‘qiyotib, aslida, ayblanuvchining sog‘lig‘i rad etishning yagona sababi ekanini ma’lum qildi. Uning fikriga ko‘ra, autizm va klinik tushkunlikdan aziyat chekayotgan Assanjda o‘z joniga suiqasd qilish fikrlari yana paydo bo‘lishi mumkin.
Assanjni garov evaziga ozodlikka chiqarish to‘g‘risidagi qaror 6-yanvar kuni qabul qilinadi.
Osnovatel WikiLeaks Djulian Assanj - Sputnik O‘zbekiston
WikiLeaks sayti asoschisi Julian Assanj Londonda hibsga olindi
Julian Assanj AQShning Afg‘oniston va Iroqdagi harbiy operatsiyalari paytida noqonuniy harakatlarini fosh qilgani uchun xalqaro miqyosda tanilgan. Jurnalist harbiy harakatlar paytida tinch aholining o‘ldirilishi, shuningdek, Amerikaning Kubadagi Guantanamo qamoqxonasida saqlash shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.
2010 yilda uni Shvetsiyada zo‘rlash va ta’qib qilishda ayblashdi. Assanj hamma ayblovlarni rad etdi: uning so‘zlariga ko‘ra, unga qarshi shikoyat qilgan ayollar qasos olish va politsiya ta’siri ostida harakat qilishgan. Bir ozdan so‘ng ish yopildi, keyin esa qayta ochildi va o‘tgan yilning noyabr oyida yana yopildi.
Julian Assanjning onasi Ruptly’ga xolislik uchun minnatdorchilik bildirdi
2010 yil iyun oyidan beri "WikiLeaks" asoschisi ekstraditsiya qilinishidan qo‘rqib, Londondagi Ekvador elchixonasida yashiringan. O‘tgan yilning 11-aprel kuni ertalab u AQSh talabiga binoan hibsga olingan. London sudi uni garov shartlarini buzganlikda aybdor deb topdi va 11 oy qamoq jazosiga hukm qildi.
Shundan so‘ng AQSh hukumati Assanjga josuslik va maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilishda yangi ayblovlarni qo‘ydi. AQShda Assanj 175-yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0