22:20 15 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Dunyoda
Havola olish
265 0 0

Vashingtondagi norozilik namoyishlari vaqtida toʻrt kishi halok boʻldi. Namoyishlar paytida 52 kishi qoʻlga olingan.

TOSHKENT, 7 yanv — Sputnik.  Vashingtondagi norozilik namoyishlari vaqtida toʻrt kishi halok boʻldi. Bu haqda mahalliy politsiya rahbari Robert Konti maʼlum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Oldinroq ogʻir jarohat olgan harbiy havo kuchlari faxriysi Eshli Babbittning halok boʻlgani haqida xabar berilgandi.

"Kapitoliy politsiyasi xodimi xizmat qurolidan bir ayolga oʻq otgan. U mahalliy kasalxonaga yetkazilgan, u yerda uning hayotini saqlab qolish uchun qilingan barcha urinishlarga qaramasdan u vafot etdi ... Bundan tashqari, bugun Kapitoliy yaqinida yana uchta oʻlim qayd etildi", - dedi Conti.

Contining qoʻshimcha qilishicha, namoyishlar paytida 52 kishi qoʻlga olingan. Baʼzilari noqonuniy qurol saqlagani, aksariyati esa Kolumbiya hududida komendantlik soati buzilganligi uchun ushlangan.

Chorshanba kuni Tramp tarafdorlari kongress binosiga bostirib kirganlarida, Kapitoliy tepaligida tartibsizliklar boshlandi. Bungacha Tramp tarafdorlari oldidagi mitingda soʻzga chiqib, ularni Kapitoliyga borishga chaqirgan.

Keyinchalik amaldagi prezident oʻz tarafdorlarini uylariga tarqalishini soʻradi.

Teglar:
Donald Tramp, tartibsizlik, AQSH

Asosiy mavzular