TOSHKENT, 7 yanv — Sputnik. Kongress Kapitoliyda boʻlib oʻtgan tartibsizliklar va Vashingtondagi komendantlik soati fonida Jo Baydenning AQSH prezidenti etib saylanganligini rasman tasdiqladi.
Bayden Kongress tasdiqlagan saylovchilarning 270 dan ortiq ovozini oldi.
Muhokama Vashingtondagi keskin tartibsizliklar fonida boʻlib oʻtmoqda, Donald Tramp tarafdorlari AQSH Kapitoliyga bostirib kirishgandi. Bir ayol oʻq otish oqibatida vafot etdi, yana uch kishi tartibsizliklarda vafot etdi.
Kongressda saylovchilar tomonidan berilgan ovozlarning tasdiqlanishi, prezidentlik saylovlari natijalariga qarshi har qanday daʼvo uchun konstitutsiyaviy imkoniyatni batamom yopadi.