16:54 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Dunyoda
Havola olish
1158 0 0

Amerika realiti-shoulari yulduzi Kim Kardashyan 6 yillik turmushdan soʻng mashhur reper Kanye Uest bilan ajrashmoqda.

TOSHKENT, 7 yanv — Sputnik. Amerika realiti-shoulari yulduzi Kim Kardashyan 6 yillik turmushdan soʻng reper Kanye Uest bilan ajrashmoqda, deb xabar qildi Page Six nashri.

Taʼkidlanishicha, Kim ajrashishlar boʻyicha mashhur advokat Laura Uesserni yollagan. Juftlik rojdestvo bayramlarini alohida nishonlashgan.

Kardashyan va Uestning Kalabasasdagi 60 million dollarli hashamatli uyi mol-mulk ajrashish jarayonida asosiy masalasiga aylanadi: Kim uy unga va farzandlariga qolishini istamoqda.

Kim Kardashyan va Kanye Uest 2014 yilda turmush qurishgan. Juftlikning toʻrt nafar farzandi bor. Kanye Uest Kardashyanning uchinchi turmush oʻrtogʻi hisoblanadi.

 

Asosiy mavzular