10:09 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
989 0 0

Aysultan Nazarboyev 2020 yilning 16 avgustida vafot etgan edi. Yelbasining nabirasi atigi 30 yoshda boʻlgan. U giyohvandlikka qarshi davolanayotgan boʻlgan.

TOSHKENT, 9 yanv — Sputnik. Qozogʻistonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev oʻzining nabirasi Aysultan oʻlimiga izoh berdi.

Yelbasi bu haqda "Portretga chizgilar" hujjatli filmining uchinchi qismida soʻzlagan.

"Uch nafar qizimdan ajoyib nabiralarim bor. Afsuski, shu yili (2020-yil, — tahr.) nabiralarimdan birini yoʻqotib qoʻydik, u juda menga oʻxshardi. Nabiram dunyoni juda erta tark etganidan qattiq afsuslanaman", — degan Nazarboyev.

U, shuningdek, Aysultan turli davlatlarda giyohvandlikka qarshi davolanganini aytib oʻtgan.

"Uni hech qayerga yubormaslik mumkin edi, ammo ushlab turishning imkoni yoʻq edi. U bu ishning quliga aylanib ulgurgandi, toʻxtata olmasdi oʻzini. Biz uni Moskvada davolatdik, Londonda davolatdik. Bir qarashda bu ishdan uzoqlashgandek boʻlardiyu, yana qaytardi", - deb qoʻshimcha qilgan Yelbasi.

Aysultan Nazarboyev 2020 yilning 16 avgustida 30 yoshida vafot etdi.

Asosiy mavzular