17:29 20 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
467 0 0

ABC telekanali maʼlumotlariga koʻra, milliarder omma qarshisida koʻrinish bermaganiga ikki oydan oshgan. Uni oxirgi marta 31 oktyabrda koʻrishgan, oʻshanda Jek Ma toʻgʻridan-toʻgʻri efirda namoyish etilgan Alibaba tadbirida ishtirok etgan.

TOSHKENT, 10 yanv - Sputnik. Xitoyning eng badavlat insonlaridan biri - Alibaba asoschisi, milliarder Jek Maning "gʻoyib boʻlgani" haqida xitoy ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan mish-mishlar xorijiy OAVlargacha yetib bordi.

Xabarlarda aniqlik kiritilishicha, Jek Ma - Xitoy moliyaviy regulyatorlari faoliyatini tanqid qilgan va XXRning texnologik kompaniyalarga qarshi olib borayotgan siyosatiga qarshi chiqqan paytdan - aniqrogʻi, oktyabr oyi oxiridan eʼtiboran omma oldida koʻrinish bermagan.

Ushbu haftada Telegraph, Forbes, Financial Times, CNN, Fox, ABC telekanallari va koʻplab boshqa nashrlarda: "Milliarderning gʻoyib boʻlishi", "Jek Ma qani?", "Jek Ma yoʻqoldimi?" degan sarlavhalar aks etgan xabarlarni koʻrish mumkin.

ABC telekanali maʼlumotlariga koʻra, milliarder omma qarshisida koʻrinish bermaganiga ikki oydan oshgan. Uni oxirgi marta 31 oktyabrda koʻrishgan, oʻshanda Jek Ma toʻgʻridan-toʻgʻri efirda namoyish etilgan Alibaba tadbirida ishtirok etgan.

Ayrim xabarlarga koʻra, deya taʼkidlanadi telekanal xabarida, oʻzining Africa's Business Heroes shousi shov-shuvli final bosqichini ham oʻtkazib yuborgan. Garchi shouda u bosh hakam rolini ijro etishi kutilgan boʻlsa-da. Sal avval Jek Ma final bosqichni sabrsizlik bilan kutayotgani haqida aytgan boʻlgan.

Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida Jek Ma hozirda boʻlishi mumkin boʻlgan joy xususida turli mish-mishlar tarqalmoqda, internet foydalanuvchilari uning gʻoyib boʻlishini 24 oktyabr kuni boʻlib oʻtgan sammitda soʻzlagan janjalli nutqi bilan bogʻlashmoqda, deb yozadi telekanal.

Dekabr oyida Bozorni nazorat qilish va tartibga solish boʻyicha XXR bosh davlat boshqarmasi Alibaba kompaniyasiga nisbatan monopoliyaga qarshi surishtiruvni boshlab yuborgan.

Asosiy mavzular