17:43 20 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
87830

Hodisa 6 yanvar kuni Kapitoliyda amaldagi prezident tarafdorlari tomonidan uyushtirilgan tartibsizliklar tufayli AQSH prezidenti Donald Trampga impichment eʼlon qilinishi mumkinligi haqidagi xabarlar fonida yuz bergan.

TOSHKENT, 10 yanv - Sputnik. Kaliforniya shtatining San-Diyego shahrida AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp tarafdorlari va unga qarshilar oʻrtasida toʻqnashuvlar yuz berdi, deb xabar qilmoqda amerikaning Fox5 telekanali.

Mojaro qirgʻoqdan boshlangan, Tramp tarafdorlari mitingi aynan shu joydan prezidentni qoʻllab-quvvatlash uchun yoʻlga chiqqanlar. Shu paytda miting qatnashchilari yonida amaldagi prezidentni yoqtirmaydiganlar paydo boʻlgan, oqibatda ikki guruh oʻrtasida toʻqnashuv yuzaga kelgan.

Tramp raqiblari orasida shuningdek, antifashist guruhlar ham kuzatilgan, deya xabar qilgan telekanal.

Ayni vaqtda barcha guruhlar hududni tark etishgan, tomonlar oʻrtasidagi toʻqnashuvlar politsiyachilar tomonidan toʻxtatilgan.

Hodisa 6 yanvar kuni Kapitoliyda amaldagi prezident tarafdorlari tomonidan uyushtirilgan tartibsizliklar tufayli AQSH prezidenti Donald Trampga impichment eʼlon qilinishi mumkinligi haqidagi xabarlar fonida yuz bergan.

OAVlar toʻqnashuvlar oqibatida besh kishi, shu jumladan, bir nafar politsiyachi halok boʻlgani haqida xabar berishgan edi.

Sal oldin Kongressda prezident saylovlarida demokratlar partiyasi vakili Jo Bayden gʻalaba qozonganini tasdiqlashgan edi. Bayden inauguratsiyasi 20 yanvarga rejalashtirilgan. Tramp saylovlar natijalarini tan olmayapti va ularni soxtalashtirilgan, deb hisoblaydi.

Teglar:
Jo Bayden, inauguratsiya, AQShning yangi prezidenti, AQShda prezident saylovlari, AQSH prezidenti, AQSH, Donald Tramp, Tramp

Asosiy mavzular